Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an BMT Bosh Assambleyasida qilgan chiqishida ko‘plab masalalar qatori Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinganini yoqlamasligini va Ukrainaning hududiy yaxlitlishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
“Biz Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilishga ahamiyat qaratimiz va Qrimning qo‘shib olinishini tan olmaymiz”, deya ta’kidladi.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligi Qrimda Davlat Dumasiga o‘tkazilgan saylovlar natijasi Anqara uchun yuridik kuchga emasligi haqida bayonot bergandi.
Albatta Rossiya ma’murlariga bunday bayonot xush kelmasligi aniq. Ammo so‘nggi yillarda Turkiya va Ukraina o‘rtasida ko‘zga ko‘rinmas harbiy va siyosiy ittifoqchilik munosabatlari shakllanib borayotgani kuzatilmoqda. Albatta, bu Rossiyaning janubi-g‘arbiy qismida juda qiyin vaziyatni vujudga keltirishi aniq.
Ukraina esa shu kunlarda “Birlashgan sa’y-harakat – 2021” strategik qo‘mondonlik shtab mashqlarini boshlab yuborgan. U 30 sentyabrga qadar cho‘ziladi. Manyovrlarda 12 yarim ming harbiy, aviasiya, flot barcha asosiy harbiy poligonlarga jalb etilgan. Qora va Azov dengizlarida ham amaliyotlar davom etmoqda.
“Bu mashqlar bizning yillik ishlarimiz sarhisobidir. U mutlaqo mudofaa tusiga ega. U birinchi navbatda davlatimizga qurolli tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha davlatimiz qurolli kuchlarining mudofaa qobiliyatini oshiradi. Mashqlar sheriklarimiz bilan sheriklikni kuchaytirishga qaratilgan va NATO standartlari asosida o‘tkazilmoqda”, deydi Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 12 yarim ming harbiylar orasida NATOdan 700 nafar, jumladan, AQSHdan 230, Buyuk Britaniyadan 120, Ruminiyadan 32, Polshadan 80, shuningdek Litva, Slovakiya, Latviya, Kanada, Italiya, Germaniya, Vengriya, Shvesiya, Gruziya, Moldova va Iordaniyadan harbiylar, 420 zirhlangan mashinalar, 85 tank qatnashmoqda. Bundan tashqari, artilleriya tizimlari, 50 ta 100 millimetrli zalp bilan otish tizimlari, 20 ta harbiy kema va 30 ta samolyot va vertolyotlari qo‘llanilmoqda.