Sirdaryoda 97 mln dollarlik «xazina» topildimi? Rasmiy munosabat berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida qiymati 97 million dollarlik xazina topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, bu haqdagi barcha xabarlar yolg‘on va ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on xabar tarqatgan «Tiktoker» aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, ushbu ma’lumotni tarqatgan shaxs Sirdaryo tumani Navro‘z mahallasida yashovchi Yu.A bo‘lib, u ijtimoiy tarmoqda o‘ziga tegishli akkauntga kuzatuvchilar yig‘ish maqsadida yolg‘ondan temirdan yasalgan buyumlarni tilla rangga bo‘yab, video tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

«Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan aholi o‘rtasida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz», — deyiladi Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *