Amerika Qo‘shma Shtatlarining janubiy-g‘arbiy qismida, Nyu-Meksiko shtatida 23 ming yillik tarixga ega odam oyog‘i izlari topildi. Bu dastlabki odamlar Amerika qitʼasiga qadam qo‘yganligi haqidagi maʼlumotni o‘zgartirishi mumkin, deya yoziladi ABC nashrida.
Science jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, topilgan oyoq izlari 21 mingdan 23 ming yilgacha bo‘lgan oraliqda yashagan insonlarga tegishli ekanligi takidlanmoqda.
Oyoq izlarining shu hududda yashovchi o‘smirlar va bolalarga tegishli bo‘lishi taxmin qilingan.
Shuningdek, kattaroq izlar ham mavjud. Qizig‘i, bu izlar hayvonlar, mamont, bo‘ri va qushlarning izi bilan kesishgan holda.