Timur Bekmansurov olti kishini o‘qqa tutgan Perm Davlat Milliy Tadqiqot Universitetining barcha taʼlim turlari talabalari masofadan o‘qishni davom ettirdilar. Fojia universitetning 18 yoshli talabasi tomonidan 20 sentyabr kuni sodir etilgan.
Universitetning Telegram kanalida: «27 sentyabr, dushanbadan boshlab barcha turdagi taʼlim oluvchilar masofadan o‘qishga o‘tmoqdalar. Masofaviy format 2 oktyabrgacha davom etadi ”, — deyiladi.
20 sentyabrda Timur Bekmansurov Perm davlat milliy tadqiqot universiteti binolaridan birida o‘q otishni boshlagan. Natijada olti kishi halok bo‘ldi, yana 43 kishi jarohatlandi. Hujum paytida talabaning o‘zi ham yaralangan, shundan so‘ng u kasalxonaga yotqizilib, zararlangan oyog‘i amplutatsiya qilingan.