Furqat tumanida xaridor sotuvchini aldab ketdi

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, Furqat tumanida yashovchi fuqaro M.R 11-iyul kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi. Unga ko‘ra, 2021-yilning 01-iyul kuni nomaʼlum shaxs uni aldab, 10.000 dona g‘isht mahsulotlarini sotib olishini va pullarni plastik karta hisobiga o‘tkazib berishini aytgan. Firibgarga ishongan M.R unga plastik karta raqami va parolini bergan. Natijada soxta “xaridor” sotuvchining ishonchini suisteʼmol qilish orqali plastik kartasidan 3.075.000 so‘m pullarni o‘zlashtirib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *