“Soqolga yopishadigan GAI xodimi” xatti-harakatlariga huquqiy baho berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Soqolga yopishadigan GAI xodimi» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 22 sentyabr kuni Jizzax shahar, Sharof Rashidov shox ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori M.Umarov tomonidan “Mercedes-Benz” rusumli avtomobil to‘xtatilgan. O‘zaro suhbat davomida YPX inspektori haydovchining saqoliga eʼtiroz bildirganligi videoda aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, xodimning xatti-harakatiga huquqiy baho berildi.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *