Qozog‘iston va “Tolibon” harakati ikki tomonlama aloqalar bo‘yicha kelishuvga erishdi

Qozog‘istonning Afg‘onistondagi elchisi Olimxon Yesengeldiyev Kobulda ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttakiy bilan uchrashdi. Bu haqda “Kazinform.kz”ga tayanib “Bugun.uz” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirish muhimligini taʼkidlab, savdo sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib olgan.
«Elchi, shuningdek, Kobuldagi xavfsizlik holatidan mamnunligini bildirdi va Afg‘onistonga gumanitar yordam yetkazishga chaqirdi», — degan Tolibon vakili Twitter‘dagi sahifasida.
Taʼkidlanishicha, bu Afg‘oniston yangi hukumati va Qozog‘iston hukumati o‘rtasida birinchi yuqori darajali uchrashuv hisoblanadi. Qozog‘iston centyabr oyi boshida “Tolibon” bilan aloqaga tayyorligini eʼlon qilgandi, lekin ayni paytda BMT Xavfsizlik kengashining bu guruhga qarshi qabul qilgan rezolyutsiyalarini eslab o‘tgandi.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *