Toshkent viloyatida bir-biriga qo‘shni bo‘lgan uylarda sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 27 sentyabr kuni soat 08:47 da Toshkent viloyati Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Toshkent tumani “Fayzobod” MFY M.Ulug‘bek ko‘chasidagi 8 uy hamda unga qo‘shni bo‘lgan M. Yusuf ko‘chasidagi 75 uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 08:50 da yetib borib, soat 08:55 da yong‘in o‘rab olingan va soat 09:30 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida M. Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan 8 uyning 60 kv.m maydoni, M. Yusuf ko‘chasidagi 75 uyning 60 kv.m maydoni yonib zaralangan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida M. Ulug‘bek ko‘chasidagi 8-uyning 200 kv.m maydoni, M. Yusuf ko‘chasidagi 75 uyning 100 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *