Ijtimoiy tarmoqlarda “Bir oiladan uch inson tuhmat bilan qamoqda o‘tiribdi” sarlavhali videoxabar tarqalgan.
Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, 2020 yilning 4 oktyabr sanasida Mirishkor tumani, Chandir qishlog‘ida yashagan 2 nafar shaxsning murdalari qotillik alomatlari bilan hamda Sh.J va voyaga yetmagan D.Alar og‘ir tan-jarohatlari bilan xushsiz holatda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirishkor tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha 3 nafar shaxsga ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun Qashqadaryo viloyat sudiga yuborilgan.