Oʻz tarixida eng uzoq – yigirma yil davom etgan harbiy operatsiyadan soʻng Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistondan chiqib ketgan edi. Ammo, bu ketish uzoqqa choʻzilmaydigan koʻrinadi.
Pentagon «Afgʻonistonda faoliyat yuritayotgan terroristik tashkilotlarga qarshi kurash»ni ana endi unga qoʻshni boʻlgan davlatlardagi harbiy bazalarga yordamida amalga oshirmoqchiligi maʼlum boʻldi. Oʻz vaqtida, Putin Rossiyasi bu borada oʻzining Qirgʻiziston hamda Tojikiston hududidagi harbiy bazalarini AQShga foydalanib turish uchun taklif qilgan edi.
Politico nashirinning bu xabar berishicha, AQSh senatorlari ushbu masalani ushbu taklifni «jiddiy koʻrib chiqilishi kerak» deb hisoblaydi.
The Wall Street Journal nashriga koʻra, Pentagonning yuqori martabali xodimi general Mark Milli Rossiya QK Bosh shtabining rahbari Valeriy Gerasimov oʻzaro ushbu masalalarni muhokama qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH harbiylari 2001-2005 yillarda O‘zbekistondagi Xonobod bazasiga joylashtirilgandi.