Prezident nomidan soxta profil ochgan shaxs qamaldi

Mart oyida Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Facebook tarmog‘ida O‘zbekiston prezidentining soxta akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘zini prezident Administrasiyasi rahbari deb tanishtirgani haqida xabar berilgan edi. U odamlarga muammolarini ma’lum miqdordagi pul evaziga hal qilishda yordamni taklif qilgan.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganovning xabar berishicha, tezqor qidiruv tadbirlari davomida ushbu shaxs qo‘lga olinib, sud qilingan.

Sud hukmiga ko‘ra, 39 yoshli surxondaryolik fuqaroga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda internet tarmog‘idan 3 yilga cheklash jazosi tayinlangan.