Avtoblogerlar B. Gʻaniyev va sheriklariga qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqida IIBB rasmiy maʼlumot taqdim etdi.
Sud Bobur Gʻaniyevning «ment» degan soʻzini haqorat deb topdi va unga jarima hamda 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.
B.Gʻaniyevning shaxsiy telefonidan topilgan pornografik maʼlumotlar tarqatilgan yoki tarqatilmagani yuzasidan ekspertiza tayinlangan.
Blogerning oʻzi ham video orqali hamkasblaridan bu holatni takrorlamaslikni,takrorlamaslikni qonunga boʻyin soʻnish kerakligini aytib oʻtgan. Qilgan ishidan pushaymonligini maʼlum qilib, uzr soʻragan.
Shu jumladan, bir guruh faollar bu ish ortida IIBB xodimlarining qoʻli borligi, dam olish kuni boʻlishiga qaramasdan sud oʻtkazilib, qamoq jazosiga hukm etilgani shubha uygʻotmoqda.