Chilonzor tumanidagi koʻp qavatli uylardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 22:13da Chilonzor tumani yettinchi kvartalda joylashgan 59-uyda gaz-havo arashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.
Voqea 7 qavatli uyning 36-xonadonida yuz bergan. FVVning 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan.
Yongʻin natijasida uy aholisi jabrlanmagan, qurbonlar yoʻq. Biroq bir nechta kvartiralarga qisman zarar yetib, deraza va eshiklar shikastlangan. Ayni vaqtda hamkorlikdagi xizmatlarning mutaxassislari ushbu favqulodda vaziyatning sabablarini oʻrganmoqdalar.
17 nafar uyiga zarar yetgan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirildi.