Bugun, 4 oktyabr kuni soat 14:36 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Samarqand shahar Bag‘dod ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasining tom qismida yong‘in ro‘y berayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Tezkor xabar asosida, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:40 da yetib bordi va yong‘in soat 15:06 da o‘chirildi.
Hodisa oqibatida oshxonaning 30 kv.m tom qismi yong‘indan zararlangan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q, tarbiyalanuvchilar binodan o‘z vaqtida evakuasiya qilindi.
Viloyat FVB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.