Daraxtlarga shafqatsizlik davom etmoqda, daraxt kesmaslikka moratoriy esa uzaytirilaveradi

Otam har yili yo‘lning yoqasiga to‘rt egat makka ekadilar, oldinlari hech tushunmasdim, keyinchalik bu o‘simliklar yo‘ldan ko‘tarilgan tuproq, chang va shunga o‘xshagan mikroblarni to‘sib qolarkan. Ikkinchi tomondan keladigan changlarni esa buvam zamonida va otam o‘z qo‘llari bilan ekkan tut va shunga o‘xshash daraxtlar to‘sib turadi. Uch va to‘rtinchi tomonni so‘raysizmi… uni qo‘shnimizning ko‘klari qaytarib turadi.

Daraxtlarning, umuman, o‘simliklarning insoniyat hayotidagi o‘rnini deyarli hamma biladi, bunga ortiqcha taʼrif-tavsif shart emas. Biroq shunga qaramasdan bizda eng trenddagi mavzular faqat tabiat, daraxtlar fojeasi bilan bog‘liq.

Xorijda yashash va ish faoliyatlarini olib boradigan yurtdoshlarimizning bloklarini o‘qib, boshqa davlatlarda ekosavodxonlik va tabiatga bo‘lgan eʼtibor naqadar baland ekanligini bilishimiz mumkin. Masalan, AQSHda faoliyat olib borayotgan Behzod Mamadiyev O‘zbekistonga kelib, o‘z taassurotlari bilan Facebook tarmog‘i orqali o‘rtoqlashdi: “Toshkentda, umuman, O‘zbekistonda chang ko‘p. Buni kechga borib poyafzalim changga botganidan sezdim. AQSHda oyoq kiyimimni yilda 1-2 marta tozalayman, xolos”.

Bizda esa, Toshkentning markaziy tumanlarida ham “kesish” bo‘yicha marafonlar davom etyapti. Albatta, afishasiga “qurigan”, deb yozib ketishni ham unutishmaydi. Misol tariqasida eʼtiboringizga telegram tarmog‘idagi “Hokim qarori” kanalida eʼlon qilingan Shayxontohur tuman hokimining qarorini havola etaman.

“Bog‘ko‘cha ko‘chasi, 23-uy oldidagi tabiiy omillar taʼsirida kuchli zararlangan, qurigan d-29.0 bo‘lgan 1 dona gilos, A.Navoiy ko‘chasi, 15-uy, A.Navoiy nomidagi kinosaroyi oldidagi qurigan d-29.9, d-21.3, d-22.0, d-31.8 bo‘lgan 4 dona tol, d-8.3 bo‘lgan 1 dona archa, d-36.6 bo‘lgan 1 dona safora, d-8.0 bo‘lgan 1 dona jiyda, Gulxaniy ko‘chasi, 2-uy oldidagi qurigan d-42.0 bo‘lgan 1 dona shumtol, Zarqaynar ko‘chasi, 6-uy oldidagi qurigan d-26.7 bo‘lgan 1 dona terak, d-22.2 bo‘lgan 1 dona tut, «Ibn Sino-1» mavzesi, 197-sonli MTM hududidagi qurigan d-7.0, d-7.1, d-7.3 bo‘lgan 3 dona archa, d-20.7, d-40.1, d-35.0, d-16.5, d-14.6, d-16.8, d-10.5, d-38.5, d-18.4, d-10.5, d-10.1, d-14.6, d-21.0, d-13.3 bo‘lgan 14 dona terak, “Xadra” mahallasi hududidagi qurigan d-33.4, 32.5 bo‘lgan 2 dona zarang, d-19.1 bo‘lgan 1 dona yong‘oq, d-44.9 bo‘lgan 1 dona aylangus, d-30.2, d-33.2 bo‘lgan 2 dona safora, d-35.0 bo‘lgan 1 dona o‘rik, Furqat ko‘chasi, 6-uy oldidagi qurigan d-35.0, d-87.0 bo‘lgan 2 dona archa, d-29.0, bo‘lgan 1 dona qayrag‘och, d-39.0, bo‘lgan 1 dona yong‘oq, d-62.0 bo‘lgan 1 dona gilos, d-65.0, d-40.0, d-90.0, d-40.0, d-54.0 bo‘lgan 5 dona terak, “Beltepa” mavzesi, 5-uy oldidagi qurigan d-52.5 bo‘lgan 1 dona qayrag‘och daraxtlarini kesishga ruxsat berildi”.

Maʼlumot o‘rnida, daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytirilib, Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilishi maʼlum qilingan edi.

Birgina Norvegiya tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, mazkur davlat 2011 – 2015  yillar oralig‘ida daraxt kesish siyosatida ancha ildamladi va hatto 75 foizdan oshib ketdi.

Bu muammoning echimini o'rmonni o'rmon O'rmonlarni kesish muammosi. Yollash  Asosiy foydalanish

Uch yil oldin Norvegiya Buyuk Britaniya va Germaniya bilan butun dunyo bo‘ylab o‘rmonlarni kesish hajmini kamaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarga qo‘shilishga kelishib oldi va hozirda mamlakat rasman iqtisodiyotning bu sohasiga jiddiy eʼtibor bermoqda.

Mutaxassislarning fikricha, daraxtlarni jadal kesish, tuproq eroziyasini oshiradi, suv aylanishini buzadi va millionlab odamlarning hayotiga taʼsir qiladi.

Joriy yilning Avgust oyida, yozning qoq chillasida Xorazm viloyati Yangibozor tumanida ham bir qancha daraxtlar “vaxshiylarcha” ko‘chirilgan.

Bu holat bo‘yicha Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi vakili Elyor Achilov bilan bog‘landim va mazkur daraxt ko‘chirish tadbirlari mutloqo noqonuniy ekanligi haqida maʼlumot oldim.

Ayni damda o‘sha yerlik bir fuqaro bilan aloqa o‘rnatdim va daraxtlar holati bilan qiziqqanimda 10 tup atrofidagi ko‘chirilgan daraxt, daraxtlarning o‘rniga ekilgan 29 tup ko‘chat ham qurigan (kichik qismi qurish arafasida)ligini maʼlum qildilar.

“Shu o‘rinda, tegishli joylardan ushbu daraxtlarni ham tezlik bilan kesib ketishlari mumkinligini aytib o‘tamiz!!!”.

                                                           Muallif: Zayniddin Norquvvatov

Leave a comment

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *