«Pfizer» kompaniyasining 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar emlanuvchi vaksinalari noyabrda sogʻliqni saqlash boʻyicha federal organlar tasdigʻidan oʻtish uchun taqdim etishga tayyor.
Bu haqda Oq uy maʼmuriyatining pandemiyaga qarshi kurashni muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul rasmiysi Jeffri Ziyents maʼlumotiga tayanib xabar berilmoqda.
Dastlab AQSH mahsulotlar va dori vositalari nazorati Boshqarmasi tasdiqlashi lozim, shundan soʻng vaksina kasalliklar profilaktikasi va nazorati Markazi tahlilidan oʻtadi.
«Biz tayyormiz. Zahiralarimiz ham mavjud», dedi Ziyents.