​​Navoiyda 33 yoshli erkak oʻzini poyezd tagiga tashlab, vafot etdi

Navoiy viloyati Konimex tumanida 33 yoshli erkak oʻzini poyezd ostiga tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, 27 sentyabr kuni soat 06:50 larda tumanning “Shoʻrtepa” MFYda yashovchi 1988 yilda tugʻilgan fuqaro uyidan ishga ketayotganini aytib, chiqib ketgan va harakatlanib kelayotgan poyezd ostiga oʻzini tashlagan.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishchi boʻlib ishlagan marhum fuqaroning uch nafar farzandi boʻlib, u halokat yuz berishidan oldin akasiga qoʻngʻiroq qilib, bolalarini omonat topshirgan.

Mazkur holat boʻyicha mahalla fuqarolari bilan oʻtkazilgan muhokamada marhumning oʻz joniga qasd qilishigacha olib boruvchi sabab yoʻq boʻlgani aytib oʻtilgan.

Taʼkidlanishicha, holat yuzasidan viloyat prokuraturasi va IIB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.