«Tashket city» XIM DUK direksiyasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 14-oktyabr sanasidan boshlab saylgohga kirish yana qaytadan bepul boʻladi.
«Tashkent city» saylgohi hududiga kirish 2020-yilning 18-dekabridan boshlab, 12-yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 000 so‘mdan, kattalar uchun 10 000 so‘mdan va avtomobil bilan kirish esa, 20 000 so‘mdan qilib belgilangan edi.
O‘z vaqtida ko‘pchilikning norozligini keltirib chiqargan ushbu izohlab, Toshkent shahar hokimligi pullik kirish tartibi saylgohdagi turli xarajatlar uchun pul ajratilmasligi va bu ancha qimmatga tushishi – oyiga 900 mln so‘m atrofida mablag‘ sarlanishini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avtomobil bilan kirish uchun uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori 14 oktyabrdan keyin ham saqlanib qolinishi ma’lu qilingan.