Bizga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 14 umumta’lim maktabida o‘qituvchi va texnik xodimlar majburiy mehnatga jalb qilingan.
O‘qituvchilar qariyb ikki oy davomida, hatto “otpuska” paytida ham maktabni ta’mirlashga jalb qilingan, evaziga esa hech qanday qo‘shimcha pul berilmagan.
XTV tomonidan maktab ta’miri uchun 130 mln miqdorida pul ajratilgan va “Azamat” xususiy firmasiga mablag‘ o‘tkazib berilgan.
Maktab texnik xodimining bizga ma’lum qilishicha, mazkur firmadan bitta ham ishchi kelmagan, maktab direktori R.N esa o‘qituvchilarni ishlatgan, ya’ni majburiy mehnatga jalb qilgan. Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, bu mutlaqo ziddir.
Ta’lim-ta’lim deb, og‘iz yirtamiz-u, biroq o‘qituvchilarning huquqiy masalasiga kelganda jimmiz.
O‘ylaymizki, bu masalani Xalq ta’lim vazirligi o‘z nazoratiga oladi.
Zayniddin Norquvvatov