Bugun Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Xalqaro media-xolda «Qonun ustuvorligini, inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlash – mamlakat tarroqiyoti va xalq farovonligi garovidir» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida ishtirok etgan Bosh prokuror oʻrinbosari Svetlana Ortiqova mamlakatda sud-huquq tizimida uchrab turgan qiynoqlar haqida fikr bildirdi:
«Dunyodagi qiynoqlar umuman yoʻq davlatni koʻrsating, oʻsha davlatni oʻrganib, oʻzimizda joriy etamiz. Afsuski, bunday mamlakat yoʻq. Agar qiynoqlar boʻlmaganda edi, BMT katta rezolyutsiyalar chiqarmagan boʻlardi. Oʻzbekistonda ham inson huquqlarining buzilishi uchraydi. Ammo biz yaxshilashga harakat qilyapmiz. Nega er xotinini urishi kerak, nega ota-ona farzandining erkinligini cheklashi kerak, nega oʻzbekistonlik, oʻzbekistonlikni qiynashi kerak? Qaytaraman, hech kimning kimnidir qiynashga haqqi yoʻq. Kimki, bunga yoʻl qoʻysa, javobgarlikka tortiladi», — deydi Ortiqova.