Hammamizning xabarimiz bor ertaga 24 oktabr kuni respublikamizda prezident saylovi boʻlib oʻtadi.
Bugun nomzodlar boʻlajak saylov kunidan hayajonda boʻladigan kun. Kimdir kutganidan kam ovoz olsa, kimdir kutilmagan natijani koʻrsatishi mumkin.
Bugun esa sukut kuni. Yaʼni barcha tashviqot,tashviqot targʻibot tadbirlari man etiladi.
Saylov kodeksining 44-moddasiga muvofiq, saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kodeksning 103-moddasida esa saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish, shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet tarmogʻiga joylashtirish taqiqlanishi qayd etilgan.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-9-moddasiga koʻra, jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish tartibini buzish — mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Saylovchilarni saylovda faol ishtirok etishga chorlovchi umumiy xabarlar, ovoz berish tartibi va saylov qonunchiligi haqidagi maqolalar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar.
Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Alisher Qodirov;
Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Narzulla Oblomurodov.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova;
Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov;
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev;