Rossiyada tungi klublar faoliyati cheklandi

Putin mintaqalarga restoran va klublarning tungi ishlarini taqiqlashni buyurdi.

Restoran va klublar tashrif buyuruvchilar uchun 23:00 dan 6:00 gacha yopiladi, deyiladi Kreml saytida.

Prezident shuningdek, xodimlarga emlash uchun ikki kunlik ta’til berish, 60 yoshdan oshgan va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlarni bir oy muddatga masofaviy ishga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi.