Energetika vazirligi tomonidan oktyabrning dastlabki 22 kuni davomida ulgurji isteʼmolchilarning gazdan foydalanish holati o‘rganildi.
22 kun davomida respublikada jami 228 ta gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Ortiqcha sarf bilan ishlatilgan tabiiy gaz 4 million 278 ming kub metrni tashkil qilmoqda. Taqqoslash uchun, bu miqdor bilan Andijon va Namangan viloyatining jami aholisini bir kun to‘liq gaz bilan taminlash mumkin.
Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Aniqlangan holatga huquqiy baho berish uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.