Joriy yilning oktyabr oyida Qarshi shahar IIO FMB ga Koson tumani Chaqa qishlogʻida yashovchi, oliy taʼlim muassasasi talabasi H.A. ariza bilan murojaat qilgan.
Unga koʻra, 2021 yil 11 oktyabr kuni soat 11:00 larda oʻzi vaqtincha ijarada yashab kelayotgan Qarshi shahar «Choʻlquvar» mahallasidagi koʻp qavatli uyda tanishi bilan oʻtirganida notanish shaxslar kirib kelib, ochiqdan ochiq unga tegishli boʻlgan 1 dona ReDmi 7 rusumli telefoni va 1 dona Acer rusumli noutbukini hamda uning talabalik guvohnomasini tortib olib ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni, Koson tumanida yashovchi oliygoh talabasi Y. S. va uning qishloqdoshi Y. M. sodir etganligi aniqlangan.
Qashqadaryo viloyat IIB xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.