Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida roʻyxatdan oʻtish zaruratidan ozod etilishi mumkin.
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasida ikki davlat fuqarolari oʻzaro mamlakatlar hududiga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida roʻyxatdan oʻtish zaruratidan ozod etilishi koʻzda tutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi hukumatlararo kelishuv 21 may kuni Moskvada va 17 iyun kuni Toshkentda imzolangan.