24-oktabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi saylovda Oʻzbekiston prezidenti etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi kelasi hafta oxirida boʻlib oʻtishi mumkin. Bu haqda «Interfaks» hukumat doiralaridagi manbaga asoslanib xabar bermoqda.
«Mirziyoyevning inauguratsiyasi kelasi hafta oxirigacha boʻlib oʻtishi mumkin», — degan manba.
Yangi prezidentlik muddatiga kirish sanasi qonunga koʻra, Senat majlisida belgilanadi.
Saylov kodeksiga muvofiq, Oʻzbekiston Prezideni MSK tomonidan ovoz berish natijalari rasman eʼlon qilingan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qasamyod qabul qilib, oʻz lavozimiga kirishadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda Prezident saylovi har besh yilda bir marta oʻtkaziladi.