Braziliya: vaksinatsiya, tahdid, Bolsonaroga impechment


Braziliyada 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni virusga qarshi emlash loyihasi tasdiqlanganidan so‘ng Anvisa (mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini tartibga soluvchi agentlik)ning besh nafar rahbariga o‘lim bilan tahdid qilingan. Bu haqida Reuters agentligi xabar bermoqda.
Anvisa tomonidan berilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, elektron pochtalardan yuborilgan tahdidli maktublar hozirda prokuratura va polisiyaga o‘rganish va aniqlash uchun yuborilgan.
Tahdidlarning kelishi Pfizer (PFE.N) 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga o‘z vaksiasini qo‘llash uchun agentlikdan ruxsat olishi bilan boshlangan.
Pfizer vaksinasini AQSH oziq-ovqat va farmasevtika ma’muriyatining maslahat qo‘mitasi tomonidan kam miqdorda qo‘llash tavsiya qilingan edi.
Braziliya emlash borasida bugun birinchilardan. Garchi, mamlakatda jarayon sekin boshlangan bo‘lsada, ayni kunda bu borada muvaffaqiyatga erishgan. Ammo, prezident Bolsonaro vasina olishdan bosh tortgan hamda anti-vakserlarni qo‘llab-quvvatlagan.
Prezidentning mazkur xatti-harakatlari sabab mamlakatda koronavirus pandemiyasi avj olgan bo‘lib, kunlik o‘lim soni bo‘yicha, AQSHdan keyin, ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Braziliya hukumatining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasidagi faoliyatini o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi shunday deb hisoblaydi:

  • Davlat rahbari fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini poymol qildi.
  • Uning xatti-harakati o‘z pozisiyasiga mos kelmadi;
  • ommaviy tadbirlarda himoya niqobini kiyishdan bosh tortdi;
  • Braziliyada 600 mingdan ortiq odam vafot etgan epidemiyaning tarqalishiga hissa qo‘shdi;
  • COVID-19 ning oldini olish va davolashda samaradorligi isbotlanmagan dori vositalari va emlashlarga shubha bilan qaradi;
  • Kovaksin preparatini muvaffaqiyatsiz xarid qilishda korrupsiyada aybdor;
    Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, bularning barchasi impichment jarayonini boshlash uchun asos bo‘lishi mumkin.
    Bugungacha Braziliyada COVID-19 dan jami 19 mln 600 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan.