Kuyov oʻz toʻyi kuni YTHga uchrab yonib ketdi

Avvalroq, Neksiya avtomashinasi haydovchisi bilan birga yonib ketdi sarlavhali xabar eʼlon qilgan edik. YHXB axborot xizmati ushbu haqida rasmiy maʼlumot taqdim etdi.

Joriy yilning 2 noyabr kuni soat 04:20 larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Qaynar M.F.Y. hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1143-kilometrida haydovchi, 1990 yilda tugʻilgan J.J. “Nexia” rusumli avtomobilni boshqarayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl chetidagi katta toshga urilib, agʻdarilib ketgan. YTH natijasida avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan.

Haydovchi, YTH hamda yongʻin oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha shu kuni haydovchining toʻy kuni boʻlgan.