Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda


Aytishlaricha, SH.X.Atabayev (Xalq banki raisi) Navoiy viloyat hokimi boʻlishi mumkin ekan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 21 iyulda u Xalq bankiga boshqaruv raisi etib tayinlangani haqida rasman xabar berilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy www.president.uz saytida SH.X.Atabayev hozirda ham Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchi oʻrinbosari lavozimida turibdi.

Taxminimizcha, rais etib tayinlaganu, vaqtincha vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Katta tajribaga ega ushbu insonga qaysi lavozimda boʻlsa ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Agar ushbu maʼlumot rasman tasdiqlansa, uchta viloyat hokimi bankirlardan boʻladi. Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov va Buxoro viloyati hokimi B.Zaripovlar ham sobiq bankir hisoblanadi.