Andijon viloyat prokuraturasi xodimi 30 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda bir necha mustaqil manbalar maʼlum qilmoqda.
Andijon viloyat prokuraturasida masʼul lavozimda ishlovchi Q. ismli shaxs 30 ming dollar pora olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda qoʻlga olingan xodim Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning jiyani ekani haqida mish-mish tarqaldi.