Internet tarmogʻida «Maktabdan qaytayotgan oʻquvchi qizni nomaʼlum erkak kishi tupikka olishga urindi» sarlavhasi ostida kuzatuv kameralari orqali tushirilgan video tarqaldi.
Mazkur fakt boʻyicha Toshkent shahar IIBB bayonot berdi.
Aytilishicha, ushbu holat 10 noyabr kuni soat 15:00 da Yashnobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan.
Ushbu holat Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.
Mazkur fakt boʻyicha Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalariga koʻra qonuniy chora koʻriladi.