Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga koʻra, 17-noyabr kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir qorga aylanadi.
Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 3-5° iliq boʻladi, kunduzi 0° gacha pasayadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; Ustyurtda kechasi 10-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanadi) boʻladi.
Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida changli boʻron bilan 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq boʻladi. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon biroz yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.