“Otam meni 9-sinfimdan beri zo’rlab kelgan?” Otaga nisbagan bunday tuhmat qilish tarbiyasizlikmi yoki mehrsizlik?

Joriy yilning yanvar oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan muntazam zo‘rlab kelingani haqida video tarqalgan edi.

Qizning aytishicha, otasi 43 yoshli T.A. uni ilk bor 9-sinfda o‘qiyotgan paytda oyoq-qo‘lini bog‘lab, zo‘rlagan va «Yo men bilan bo‘lasan yo bu uyda yashamaysan», deb po‘pisa qilgan. Shundan so‘ng ota o‘z qizini muntazam zo‘rlab, kaltaklab kelgan. Ichki ishlar organlari, mahalla qo‘mitasi, xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari ham bunga nopisandlik qilgan. Mas’ul organlar buni isbotlashni qizning o‘zidan so‘ragan.

Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat tuman ichki ishlar bo‘limida jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni qayd qilish to‘g‘risidagi «Shakl-2» jurnalida 2021- yil 19- yanvar kuni qayd qilingan.

Holat yuzasidan tezkor-tergov guruh vakillari hodisa joyga chiqqan holda ko‘zdan kechirilgan. Ko‘zdan kechirish davomoda olingan ashyoviy dalillar yuzasidan sudga oid biologik hamda fizika-texnika ekspertizalari tayinlangan.

Fuqaro T.A.ning tanasida zo‘rlik belgilaridan qolgan tan jarohatlari bor-yo‘qligi hamda uni jinsiy aloqa qilish layoqatiga qodir ekanini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan va xulosasi olingan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 2021-yil 15- fevral kungi xulosasida qiz aytgan gaplar o‘z tasdig‘ini topmagan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan 2021- yilning 18- fevral kuni tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat-prosessual kodeksning 83-moddasi (reabilitasiya uchun asoslar) 2-bandiga (uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmagani) asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan.