Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi


“Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida toʻgʻrisida”gi Hukumat qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi (690-son, 17.11.2021 y.).
Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:


• 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
• 2010 – 2020 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
• 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil sentyabrgacha;
• 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.


Ilgari 2021 yil 31 dekabrgacha almashtirish majburiy edi.


Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.