Davron Hidoyatov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
U bu lavozimda 2021 yilning yanvaridan buyon ishlayotgandi. Yaqinda uning farmoyishi bilan Nurafshon shahrida katta miqdordagi mablag`ga haykal majmuasi va kutubxona binosi qurilishi jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo`lgandi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi. Bu ma’lumotni viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, 2018 yil fevral oyidan beri Davlat bojxona qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Murod Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Zoyir Mirzaev 1968 yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug`ilgan. 1994 yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan. Hokim sifatidagi ish faoliyatini 2003 yil Jomboy tumanidan boshlagan. 2008–2010 yillarda Samarqand shahar hokimi, 2010–2016 yillarda esa Samarqand viloyati hokimi bo`lib ishlagan.
Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi sifatidagi so`nggi qarorlaridan birida hokimlik саптиваъsini ekoboshqarmaga o`tkazib berdi
Davron Hidoyatovning Toshkent viloyati hokimi sifatidagi so`nggi qarorlaridan biri «Avtotransport vositasini balansdan-balansga o`tkazish to`g`risida» bo`ldi.
Qarorga ko`ra, Toshkent viloyati hokimligi balansidagi 2015 yilda ishlab chiqarilgan саптива Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga o`tkazildi.
Shuningdek, qarorda Toshkent viloyati hokimligi ishlar boshqarmasi o`rnatilgan tartibda avtotransport vositasini topshirilishini, Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi qabul qilib olinishi qayd etilgan.