Xitoy fuqarosiga hujum qilgan 6 nafar O’zbekistonlik migrantlarga sud hukmi o’qildi

Rossiyaning Novosibirsk shahrida Xitoy fuqarosiga hujum qilgan olti nafar o‘zbekistonlik migrantlarga sud hukmi o’qildi. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Novosibirsk sudi xitoylikka hujum qilgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosini Jinoyat kodeksining 162-moddasi 4-qismi va 105-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topgan.

Sud qarori bilan besh nafar o‘zbekistonlikka 8 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi belgilangan. Qotillik ayblovi qo‘yilgan oltinchi erkakka 16 yil qamoq jazosi tayinlangan. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tash tayinlangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aybdorlar 24 iyul kuni issiqxona hududida ikki nafar Xitoy fuqarosiga hujum qilgan va ularga 1,3 mln rubl zarar yetkazgan. Keyinroq, 29 avgust kuni qonunbuzarlar Xitoyning olti nafar fuqarosiga hujum qilib, 400 ming rubl zarar yetkazgan. Bundan tashqari, xitoyliklardan biri vafot etgan.