Shavkat Mirziyoyev mazkur loyihalarga ustuvor eʼtibor qaratib, oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlash boʻyicha topshiriq berdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo va Energetika vazirliklariga xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish topshirildi.
Prezident, shuningdek, yirik sanoat korxonalari oʻz taʼminoti uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlarning qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishini ragʻbatlantirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Kelgusida Oʻzbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish uchun zarur butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalar tannarxini pasaytirish bilan birga, mamlakat korxonalari uchun bozor yaratishi alohida taʼkidlandi. Shu munosabat bilan mazkur mahsulotlarni mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.
Bundan tashqari, Prezident Navoiy shahrida maxsus oʻquv markazi tashkil etish, oliy oʻquv yurtlarining yangi elektr stansiyalarini ishga tushirish boʻyicha taʼlim dasturlarini zamon talablarini hisobga olgan holda yangilash boʻyicha topshiriqlar berdi.
Yigʻilishda Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasi ham taqdim etildi.