Binzen narhi birjada arzonlashdi. AYOQShlarda nima gap?

Oʻzbekiston birja savdolarida AI-80 markali avtomobil benzini narxi tushishda davom etmoqda. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

birja savdolarida 23 noyabr kuni jami 4196 tonna AI-80 markali benzin qoʻyilgan boʻlib, shundan 3741 tonnasi yoki 89 foizi sotilgan. AI-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 million 129 ming soʻmdan 8 million 444 ming soʻmgacha pasayib, 17 foizga arzonlashgan.

2–3 oy davomida shakllangan mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan AI-80 benzinning baland narxlarga taʼsir koʻrsatish uchun faqat bozor mexanizmlari qoʻllanilmoqda. Yaʼni taklifga taʼsir koʻrsatish orqali narxlar barqarorligini taʼminlash, bu choralarning samara berishi va narxlarning barqarorlashishi uchun maʼlum vaqt talab qilinadi. Shu bilan birga, import benzinning narxlari jahon bozorlari konʼyunkturasiga bogʻliqligi omili saqlanib qolmoqda.

2021 yilning 16–22 noyabr kunlari birjada pasayib borgan narxlarda xarid qilingan 20 ming 760 tonna mahsulotdan 3409 tonnasi yoki 16 foizi chakana tarmoqqacha yetib borgan. Bunda, mahsulot birja savdolarida sotilgandan keyin zavoddan chakana savdogacha yetib borish muddatlarini (15 kungacha sarflanishi mumkin) ham inobatga olinishi muhim.

Bundan tashqari, hozirda idoralararo ishchi guruh tomonidan benzin tannarxini optimallashtirish boʻyicha bevosita ishlab chiqaruvchi korxonalarga chiqqan holda oʻrganish oʻtkazilmoqda. Shuningdek, qoʻmita tomonidan birja savdolarida narxlarga sunʼiy ravishda taʼsir koʻrsatgan nohalol ishtirokchilarga nisbatan oʻrganishlar davom etmoqda.

Biroq AYOQShlarida binzen narhi oʻsishda davom etmoqda.