Yana is gazi oqibatida oʻlim holatlari qayd etildi

24 noyabr kuni Nukus shahri, 22-kichik tumanda ijarada yashovchi, Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi R.R(erkak) xonadonda oʻrnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etganligi aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston prokuraturasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan marhum R.R. nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish harakatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Shuningdek, Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi konteyner ichida 2 nafar yollanma ishchinining jasadi topilgandi.

2021 yilning 17 noyabr kuni tuman hududidagi «Balxiyon» mahallasida joylashgan «Agrokimyo taʼminot servis» MCHJning kirish darvozasi oldiga oʻrnatilgan «metall konteyner» ichidan 2 nafar yollanma ishchining jasadi topilgan.

Ekspertiza xulosalari yollanma ishchilar is gazidan vafot etganligini tasdiqlagan.