Rossiyadan O’zbekistonga uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan O‘zbekistonning Namangan shahriga uchgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda MIR 24 telegram kanalida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 26-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 01:31 atrofida Sankt-Peterburg–Namangan yo‘nalishi bo‘yicha «Ayeroflot» aviakompaniyasining «Airbus A320» layneri Nijniy Novgoroddagi «Chkalov» aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Bunga asosiy sabab yo‘lovchi ayollardan birida erta to‘lg‘oq boshlangani bo‘lgan.

Tug‘uruq ekipaj tomonidan qabul qilingan, bola va onaning ahvoli yaxshi. Shundan so‘ng samolyot Namanganga parvozini davom ettirgan.

Ma’lumot o‘rnida samolyotda tug‘ilgan chaqaloqlar uchun bir umr aviaqatnovlarda parvoz qilish bepul bo‘ladi.