Toshkent shahridagi «Eski joʻva» bozorida 2012 yilning 25 sentyabr kuni yoʻqolgan 18 yoshli qizning jasadi topildi. Bu haqda Yoshlar telekanali Yangi davr teledasturida maʼlum qilindi.
Marhuma oxirgi marta 2012 yilning 25 sentyabr kuni «Eski joʻva» bozoriga onasidan 9 yosh kichik boʻlgan, shaʼriy niohdan oʻtgan, ular bilan birga yashagan 1984 yilda tugʻilgan oʻgay otasi T.S. chaqirgani uchun borgan va shundan soʻng daragi boʻlmagan.
Maʼlumot yuzasidan, 2012-yil 11-noyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan, yaʼni odam oʻgʻirlash jinoyati holati boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilib, oʻtkazilgan tergov natijalariga koʻra jinoyat ishida aybdor shaxsni aniqlashning imkoni boʻlmaganligi sababli jinoyat protsessual kodeksining 64-moddasi 1-qism 1-bandiga asosan bir necha bor harakatdan toʻxtatish haqida qarorlar qabul qilingan.
Mazkur jinoyat ishi 2020-yilning 1-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida oʻrganib chiqilgach, Gʻ. N.ning bedarak yoʻqolganligi holatida qasddan odam oʻldirish jinoyati alomatlari mavjudligi sababli jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismiga qayta malakalanib, tergov harakatlari olib borish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborilgan.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida T. S. muqaddam bir necha yil bedarak yoʻqolgan Gʻ. N.ning onasi U. N. bilan sharʼiy nikohda N.ning uyida istiqomat qilganligi, ularning ishonchiga kirganligi aniqlangan. Bundan xabar topgan S.ning ota-onasi uni Surxandaryo viloyatiga chaqirib, uylantirib qoʻyishgan. S.ning uylanganidan xabar topgan N. S. bilan janjal oqibatida S. qonuniy nikohidan ajragan. U. N. esa oilasini moddiy tomondan taʼminlash maqsadida Turkiya davlatiga chiqib ketgan.
Jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida S.Toshkent shahriga kelib, Shayhontohur tumanida joylashgan Eski Joʻva bozori hududida Gʻ.N.bilan telefon orqali bogʻlanadi va uni aldov yoʻli bilan uni bozor hududiga chaqirib oladi. Va shu joydan uni bedarak yoʻqolgan Gʻ.N.ning onasi U. N. tegishli boʻlgan Parkent tumanida joylashgan dalahovliga olib chiqib ketadi. Ushbu dalahovliga yetib kelgach, Gʻ.N.ning boʻyin qismidan choyshab bilan boʻgʻib, uning vafot etganiga ishonch hosil qilgach, ushbu dalahovlining yertoʻlasiga Gʻ. N.ning murdasini koʻmib, hodisa joyidan yashirinadi.
«Birinchi oʻrinda bu narsaga men ham aybdorman. Begona odamga rahmim kelib, uyga olib kelib, uyda erkak boʻlishini xohladim. Bolalarimga yomon koʻz bilan qarab yurgan ekan, buni men bilganimdan keyin uni uydan haydab yubordim. Hech kimning farzandi yoʻqolmasin, hech kimning farzandi bu shaklda oʻlmasin»,— deydi marhumaning onasi.
Ayblanuvchining koʻrsatmasiga koʻra, Parkent tumanidagi dala hovli oʻrganilganda haqiqatan ham uy yertoʻlasida odam suyaklari borligi maʼlum boʻlgan. Holat yuzasidan 37 yoshli S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi — Javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etgani uchun viloyat sudi tomonidan 20 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Avvalroq, Qoraqalpogʻistonda kechasi yigʻilishidan qaytayotgan uch nafar JIEM mayori YTHda halok boʻlgani haqida maʼlum qilgan edik.