Koʻchat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashganlar egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi
Joriy yilning 26 noyabr kuni Namangan viloyati Pop tumani Sang qishlogʻida mahalla raisining koʻrsatmasi bilan koʻchat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashilgan.
Ushbu holat yuzasidan «Bogʻ koʻcha» mahalla raisi Q.Ochildiyev, mahalla raisining oʻrinbosari M.Akbarovga tegishli chora koʻrildi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.
Shuningdek, mahallada olib borilgan koʻchat ekish ishlarini nazoratga olmaganligi uchun tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi E.Asqarovga hayfsan eʼlon qilindi.