Toshkentdagi avtobuslarda yo’lkira narxi 3000 so’mgacha ko’tarilishi aytilmoqda

Toshkent shahrida yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20.5 km masofalik ushbu yo‘nalish 4 ta jadval asosida 23-daqiqalik oraliq interval bilan Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Axmad Donish ko‘chalari orqali Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida joylashgan Uchqaxramon bozori yaqinidan qayrilib olib Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo‘lovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda to‘xtab harakatlanadi.

E’tiborli jihati esa yo‘lkira narxi 3000 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkinligi aytilmoqda. Poytaxtning eng tirband ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadigan avtobuslarda yo‘lkira narxi o‘zini oqlaydimi? To‘satdan yo‘lkira narxinining oshib ketishi aholi uchun foydami yoki davlat transportlari uchun zarar keltiradimi hozircha aniq emas.