Totalizator sabab yana bir yigit o‘z joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir yigit totalizator o‘yinlar sabab o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabar tarqaldi.

Manbamizning xabar berishicha, yigit Amudaryo tumanida istiqomat qiluvchi 27 yoshli N. bo‘lgan.

Yigit poytaxtda suvoqchilik qilgan. U sheriklari bilan ishlab topgan 20 mln. so‘mning hammasini (sheriklarining ulushini ham) qimorga tikib yuborgan.

Voqea 29-noyabr kuni yuz bergani aytilmoqda.

Shundan so‘ng murda ekspertizaga olib ketilgan. Ammo, o‘z-o‘zini osib, vafot etgan yigit ekspertiza xulosasiga ko‘ra «tomdan yiqilib, bo‘yin qismi bilan qurilish materiallari ustiga tushgan» bo‘lib chiqmoqda.

Ogoh.uz manbasi esa, ekspertiza xulosasi soxtalashtirilgan deb hisoblaydi. Boisi, voqea joyida bo‘lgan, marhumni dordan olgan yigit hozir kuchli ruhiy zo‘riqish sabab ismini ayta olmayotgani guvohi bo‘lgan. Bundan tashqari, marhumga janoza ham o‘qilmagan.

Hozircha mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar berilmagan.

Farg‘onada ham o‘qituvchi onlayn qimor sabab o‘z joniga qasd qilgan edi.