«Bosh prokuratura keng jamoatchilik eʼtiborini yana bir bor prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash olib borilayotganiga qaratadi.
Binobarin, Bosh prokuratura mamlakatimizning har bir fuqarosini jamiyatda, xususan prokuratura organlarida korrupsiyani tag-tomiri bilan bartaraf etishda faol hamkorlikka chaqiradi.
Agar prokuratura organlarining biron-bir xodimi faoliyatida korrupsiya bilan bogʻliq xatti-harakat (yoki harakatsizlik)ni kuzatsangiz, sezsangiz, bu haqda zudlik bilan Bosh prokuratura Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining (71) 202-08-28 raqamli «Ishonch telefoni»ga maʼlum qilishingizni soʻraymiz.
Murojaatchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishi toʻliq kafolatlanadi», deyiladi xabarda.