Namanganda aholi xonadonlaridan birida portlash sodir boʻldi

Namanganda aholi yashash xonadonlarining birida gaz portladi.portladi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, 12 dekabr kuni Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga Namangan tumanidagi uyda chaqnash oqibatida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushgan.

Namangan shahar va Namangan tuman FVB yongʻin qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan.

Chaqnash oqibatida yashash uyiniing shift va tom qismidan 20 kv.metr joyi hamda qisman uy-roʻzgʻor buyumlari yonib zararlangan va xonadon egasi, turmush oʻrtogʻi, 3 nafar farzandi (2 nafar qiz va 1 nafar oʻgʻil) bolalar kuyib tan jarohati olgan.

Chaqnash sababi yashash xonadoniga tortib kelingan gaz trubasini joʻmragi nosozligi sababli sizib chiqqan tabiiy gaz xonaga toʻplanishi hamda uy egasining turmush oʻrtogʻi gaz hidini sezmagan holda elektr chirogʻini yoqishi oqibatida sodir boʻlgan, deyiladi xabarda.

Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.