1 yanvardan Toshkentda avtobus va metropolitenda yoʻlkira narxi oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining «Yangi tariflar joriy qilinishi toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Toshkent shahar jamoat transportida yoʻlkirani naqd pul orqali toʻlovlarni amalga oshirishda 1 700 soʻm, bir yoʻlovchining bagajini tashish boʻyicha xizmat uchun 3000 soʻm etib belgilash rejalashtirilmoqda.
Qarorda keltirilishicha, yoʻlkira haqi yigʻilishida shaffoflikning taʼminlanishi shahar jamoat transportida naqd pul orqali toʻlovlarni amalga oshiruvchi yoʻlovchilar soni kamayishi evaziga transport kartalaridan foydalanuvchilarning soni va ulardan tushadigan mablagʻlarning keskin oʻsishiga, ular tomonidan cheklangan tariflar asosida koʻriladigan zararlar miqdorining kamayishiga olib keladi.
2022 yilda yangi tariflarning joriy etilishi natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga binoan, «Toshshahartransxizmat» AJ tizimidagi avtobus saroylari hamda «Toshkent metropoliteni» UKning kutilayotgan umumiy zarari miqdori kamayishi evaziga shahar mahalliy byudjetida 128-130 mlrd soʻm miqdorida mablagʻlar tejalishi kutilmoqda