Iqlimlar jangi. Epilog: AQShga 30 tornado, Xitoydan

Mashhur tayvanlik tadqiqotchi Skott Uoring Xitoy ob-havoga taʼsir oʻtkazayotganini iddao qilmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, AQShda yuz bergan 30 ga yaqin tornado aynan XXR tomonidan uyushtirilgan.

Uoring Olimpiada mojarosidan keyingi holatga eʼtibor qaratgan. Gap shundaki, Qo‘shma Shtatlar Pekinda boʻlishi rejalashtirilgan Olimpiadani boykot qilishga qaror qildi. Bu esa Xitoy tomoniga qattiq ta’sir qildi va mamlakat AQSHdan hurmatsizlik qilgani uchun shu yo‘l bilan “hisoblashib qoʻyishga» uringan bo‘lishi mumkin.
Olimning fikriga ko‘ra, AQSHga ulkan talofat keltirgan tornadolar Xitoy armiyasining ishi. Ular dunyodagi eng katta radioteleskopdan iqlim quroli sifatida foydalangan boʻlishi kerak.

Qo‘shma Shtatlarda bir kechada to‘satdan sodir bo‘lgan o‘ttizta tornado 100 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Ushbu voqealardan biroz oldin dunyoda Xitoyning Alyaska kattaligidagi hududga yomgʻir yogʻdirishi va havoni tozalash uchun ob-havoni qanday o‘zgartirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

2020 yilda XXR hukumati ob-havoni boshqarish tizimini ishlab chiqishni e’lon qildi.

Uning yordamida tabiiy ofatlar, o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, qurg‘oqchilik va haddan tashqari yuqori harorat bilan yanada samarali kurashish rejalashtirilgan edi.

2020 yil yanvar oyida Guychjou provinsiyasida (Xitoy) 500 metrli diafragma bilan dunyodagi eng katta radioteleskop ishlay boshladi. Uoringning fikricha, bu teleskop tornadolarni yaratishga qodir haqiqiy asbob bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotchi Amerikaning Alyaskadagi mashhur HAARP dasturiga ishora qilgan, u ob-havoni o‘rganish va boshqarishga qaratilgan. Uoringning fikricha, Xitoy o‘zining HAARP ni yaratish uchun sxemalar va tadqiqot natijalarini o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkin.

Muhim jihat shundaki, tornadolar bir vaqtning o‘zida ketma-ket 30 marta sodir bo‘lmaydi. Ayniqsa, kechasi harorat noldan past darajada bo‘lsa. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, tornadolar odatda yoz oylarida sodir bo‘ladi, bu haqda ko‘plab meteorologlar bilishadi.