Xronologiya: sayyoramizda qaysi davlat Yangi yilni birinchi va qaysi biri oxirgi boʻlib kutib oladi?

Yangi yil eng oldin Tinch okeanidagi kichkina Tonga Qirolligida boshlanadi va 25 soatdan keyin Gaiti va Samoaga yetib boradi.
Okeaniyadagi Kiribati oroli hamda Tonga Qirolligi sayyoramizda birinchi boʻlib Yangi yilni kutib oladi.

+0.15 – Chatem oroli – Yangi Zelandiyaning boshqa orollariga qaraganda uzoqroqdagi va maxsus vaqt mintaqasida joylashgan bu hudud ikkinchi boʻlib Yangi yilni kutib oladi.

+1.00 – Soʻngra Yangi yil Yangi Zelandiyaning boshqa shaharlari hamda Antarktidaga kirib boradi.

+2.00 – Ulardan keyin Yangi yil kutish boʻyicha navbat Rossiyaning sharqiy qismi (Anadir, Kamchatka), Fidji oroli va Tinch okeanidagi boshqa bir qator orollar.

+2.30 – Norfolk (Avstraliya)

+3.00 – Avstraliyaning sharqiy qismi (Sidney, Melbrun, Kanberra), Solomon orollari.

+3.30 – Janubiy Avstraliya (Adelaida)

+4.00 – Kvinslend shtati (Avstraliya), Rossiyaning bir qismi (Vladivostok), boshqa bir qancha orollar (Popua-Yangi Gvinaya, Marian orollari).

+4.30 – Avstraliyaning shimoliy hududlari (Darvin)

+5.00 – Yaponiya va Koreya

+6.00 – Xitoy, Janubiy-Sharqiy Osiyoning bir qismi hamda Avstraliyaning qolgan qismi

+7.00 – Indoneziya va Janubi-Sharqiy Osiyoning qolgan qismi

+7.30 – Myanma

+8.00 – Bangladesh, Shri-Lanka va Rossiyaning bir qismi (Novosibirsk, Omsk)

+8.15 – Nepal

+8.30 – Hindiston

+9.00 – Pokiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Rossiyaning bir qismi (Yekaterinburg, Ufa)

+9.30 – Afgʻaniston

+10.00 – Armaniston, Ozarbayjon, Rossiyaning bir qismi (Samara), Hind okeanidagi baʼzi orollar

+10.30 – Eron

+11 00 – Sharqiy Osiyoning bir qismi, Afrikaning bir qismi, Rossiyaning bir qismi (Moskva, Sankt-Peterburg)

+12.00 – Sharqiy Yevropa (Ruminiya, Gretsiya, Ukraina va boshqalar), Turkiya, Isroil, Finlyandiya, Afrikaning bir qismi.

+13.00 – Gʻarbiy va Markaziy Yevropa (Belgiya, Italiya, Fransiya, Vengriya, Shvetsiya va boshqalar), Afrikaning yana bir qismi.

+14.00 Nolinchi meridian (Grinvich), Buyuk Britaniya, Portugaliya, Afrikaning bir qismi

+15.00 – Ozor orollari

+16.00 – Braziliya

+17.00 – Argentina Janubiy Amerikaning sharqiy hududi

+17.30 – Nyufaulend (Kanada)

+18.00 – Sharqiy Kanada, Karib dengizidagi koʻpgina orollar, Janubiy Amerikaning bir qismi.

+19.00 – Kanadaning sharqiy qismlari (Ottava va AQSH (Vashington, Nyu-York), Janubiy Amerikaning gʻarbiy qismi.

+20.00 – Kanada va AQSH ning markaziy hududlari (Chikago, Hyuston). Meksika va Lotin Amerikasining boshqa davlatlari.

+21.00 – Kanadaning yana bir qismi (Edmonton, Kalgari) va AQSH (Denver, Feniks, Solt-Leyk-Siti)

+22.00 – Kanadaning gʻarbiy qismlari (Vankuver) va AQSH(Los-Anjeles, San-Fransisko)

+23.00 – Alyaska shtati (AQSH)

+23.30 – Fransiz Polineziyasining bir qismi boʻlgan Markiz orollari

+24.00 – Gavayi orollari (AQSH), Taiti va Kuka orollari

+25.00 – Samoa davlatining aholisi Yangi yilni eng oxirgi boʻlib kutib oladilar.