Kichik Islom Karimov oʻgʻlining suratini ommaga koʻrsatdi

Gulnora Karimovaning oʻgʻli Islom Karimov oʻzining Instagram sahifasiga kichik bolakay suratini joylashtirdi va uning oʻz oʻgʻli ekanligini maʼlum qildi.

Surat sahifa kuzatuvchilari uchun kutilmagan yangilik boʻlgan. Islom Karimov oʻz obunachilarini Yangi yil bilan mana shu surat orqali qutladi. Ammo, bolakayning aynan qachon dunyoga kelgani va ismi oshkor qilinmagan.

Maʼlumot uchun, Gulnora Karimovaning oʻgʻli kichik Islom Karimov 1992 yilda dunyoga kelgan. U ayni vaqtda Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi.